Iyun 2009 |
2009 yilning iyun oyida KRASS Buyuk Britaniyaning Unicorn Grocery jamg’armasi tomonidan moliyalashtirilgan «The Watercone®» loyihasini amalga oshirishni boshladi.

Iyul 2009 |
2009 yilning iyul oyida KRASS tashkiloti “O’zbekistonning Xorazm viloyati sug’orma dehqonchiligida qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish maqsadida resurs rejamkor texnologoyalarni ommalashtirish” deb nomlangan loyihani amalga oshirishni boshladi. Ushbu loyiha SGP GEF (global ekologik jamg’armaning kichik grantlar dasturi),UNDP tomonidan tasdiqlandi va moliyalashtirildi.

Iyul-Avg 2009 |
2009 yilning iyul- avgust oylarida UNESCOning Toshkentdagi vakolatxonasi KRASS tashkilotini resurs tejamkor qishloq ho’jaligi uchun qo’llaniladigan ekish aggregati bilan ta’minlashda moliyaviy yordam ko’rsatadi va resurs tejamkor texnologiyalardan foydalanish usullari va amaliyoti bo’yicha o’q’itish hamda hamkorlik qilish maqsadida chet el (AQSH) mutahassislarini taklif qilishda o’z hissasini qo’shadi.