Fev-May 2011 |
2011 yilning fevral-may oylarida KRASS xodimlari GIZ tashkilotining O`zbekistondagi bo`limi taklifi bilan SPSS dasturida ma`lumotlar tahlilini amalga oshirdilar.

Apr-Iyul 2011 |
2011 yil aprel-iyul oylarida KRASS xodimlari EED tashkiloti (Germaiya) taklifi bilan Ozarbayjondagi GABA NNT loyihasi monitoringi va baholashni amalga oshirdilar

May 2011 |
2010 yil may – 2011 yil may oyida Butunjahon Bankining O`zbekistondagi vakolathonasi taklifiga binoan KRASS NNT xodimlari Iqlim o`zgarishi sharoitlarida qishloq xo`jaligida tavakkalchilikni kamaytirish masalalari bo`yicha seminarlarga yordam ko’rsatish va tashkil qilishda qatnashdilar

Avg 2011 |
2011 yilning avgust oyida KRASS O`zbekiston bo`yicha 174 NNT orasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Xorazm viloyatida qishloq xo`jaligini barqaror rivojlantirish va er va suvdan foydalanish bo`yicha ilg`or bilimlarni tarqatish uchun 15 mln. so`m miqdoridagi grantni qo`lga kiritdi. Mazkur grant doirasida 2012 yilning fevraligacha Xorazmda 800 ta fermerlar erlarni lazerli tekislash, tuproq sho`rlanish darajasini monitoring qilish, o`simliklarning azot o`g`itiga ehtiyojini aniqlash hamda suvdan samarali foydalanish masalalari bo`yicha o`qitiladi.

Noy 2011 |
2011 yilning noyabr oyidan boshlab KRASS ilmiy xodimlari UrDUda yangi tashkil qilingan UNESCO Barqaror Taraqqiyot kafedrasida ma`ruzalar o`qishga jalb qilindilar