Fev-May 2010 |
2010 yilning fevral-may oylarida KRASS xodimlari UNDP/ABD dasturi va FLO tashkiloti uchun O’zbekistonda kishmishning qo`shilgan qiymat zanjiri bo`iyicha maslahat faoliyatini amalga oshirishdi. Fermerlar va boshqa qo’shilgan qiymat zanjiri ishtirokchilari orasida so’rovlar o’tkazildi, ma’lumotlar taxlili hamda hisobot tayorlandi.
Iyun 2010 |
2009 yil dekabr – 2010 iyun. KRASS NNT xodimlari AQSh Cornell Universitetining `Tabiiy resurslarni boshqarish siyosati` nashriyoti uchun tadqiqot natijalariga asoslangan o’quv qollanmasitayyorladilar.
1. Pros and Cons of Cotton Production in Uzbekistan: Case study for series ‘Food Production and Supply Policies’ batafsil>>
2. The Aral Sea: An Ecological Disaster: Case study for series 'Natural Resource Management Policies'
batafsil>>
3. Managing Soil Salinity in the Lower Reaches of the Amudarya Delta: How to Break the Vicious Circle: Case study for series 'Natural Resource Management Policies' batafsil>>
Sen-Dek 2010 |
2010 yil sentabr-dekabr oylarida Viloyat fermer xo`jaliklari uyushmasi murojaatiga binoan KRASS NNT xodimlari “Ekologiya va tabiiy resurslarni asrash bo`yicha fermerlar habardorligini oshirish” mavzusida bir nechta ma`ruzalar o`tkazildi. Treningda 300 ga yaqin fermerlar qatnashdi.
Iyun-Iyul 2010 |
2010 yilning iyun-iyul oylarida KRASS xodimlari GIZ tashkiloti (Germaniya Hamkorlik Tashkiloti) tomonidan tayyorlangan ‘Orol dengizi falokati – muammo sabablari va unga yechim topish’broshyurasining rus tilidagi matni tahriri ustida ish olib bordi.
Sen 2010 |
2010 yilning sentabr oyida KRASS NNT xodimlari ICARDA bilan hamkorlikda O`zbekistonning Xorazm viloyatida sho`rlangan va kam sho`rlangan joylarida sintetik bug`doy va ikkilamchi maqsadlar uchun bug`doy etishtirish bo`yicha yangi loyihani ishga tushirdilar.
Iyun-Noy 2010 |
2010 yil iyun-noyabr oylarida KRASS NNT xodimlari UrDU bilan hamkorlikda O`zR Prezidenti Huzuridagi Davlat va Jamiyat Qurilishi Akademiyasi uchun “Ekologik muammolar va rahbarlik faoliyat” kursi bo`yicha 12 ta ma`ruzadan iborat o`quv moduli, tarqatma materiallar va mustaqil o`zlashtirish uchun materillar tayyorlashdi.
Okt 2010 |
2010 yil oktabrda O`zR Prezidenti huzuridagi Davlat va Jamiyat Qurilishi Akademiyasining 65 ta tinglovchisi “Ekologik muammolar va rahbarlik faoliyat” kursi bo`yicha nazariy olgan bilimlarini amalda ko`rish va mustahkamlash uchun Xorazm viloyatiga tashrif buyurishdi.
Okt 2010 |
2010 yil oktabr oyida KRASS NNT xodimlari tomonidan Germaniyaning Wuerzburg Universitetining 29 ta talabasi va 3 ta xodimlari uchun Xorazm va Qoraqalpog`iston bo`ylab o`quv sayohati tashkillashtirildi.
Okt 2010 |
2010 yil 20-22 oktabrida KRASS NNT ZEF/UNESCO loyihasi va GIZ moliyaviy ko`magida MDH mamlakatlarida Qishloq xo`jaligi axborot-maslahat xizmatlari bo`yicha Birinchi Xalqaro Simpozium o`tkazildi. Simpoziumda MDHning 9 mamlakatidan 41 ta ishtirokchi qatnashdi.
Dek 2010 |
2010 yil dekabrda KRASS NNT xodimlari UNDP Kichik Grantlar Dasturi ko`magida Namangan va Andijon viloyatlari oliy o`quv yurtlarida tajribalar bilan tanishtirish maqsadida qator ma`ruzalar o`tkazishdi. Ma`ruzalarda 300 ga yaqin talabalar va 50 ga yaqin ilmiy xodimlar qatnashdi.
Dek 2010 |
2010 yil dekabr oyida Ozarbayjonning AIM NNT murojaatiga binoan KRASS tomonidan Resurs Tejamkor Qishloq Xo`jaligi mavzusida ma’ruzalar o’qildi va tajribalar bilan tanishtirish amalga oshirildi.