Loyihalar
Nobarqaror ekologik sharoitda barqaror qishloq ho’jaligi mumkinmi?
GTZ/BMZ tomonidan chop qilingan ‘Orol dengizi falokati – muammo sabablari va unga yechim topish’ nomli risola uchun, GTZ talabnomasiga binoan KRASS tashkiloti ‘Nobarqaror ekologik sharoitda barqaror qishloq ho’jaligi mumkinmi?’ mavzusidagi maqolani tayyorladi. Maqolada ZEF loyihasining Orol dengizi havzasining bir qismi hisoblangan, quyi Amudaryo hududida joylashgan Xorazm viloyatida o’tkazilgan olti yillik ilmiy izlanish natijalari to’g’risida so’z boradi.
Watercone® O’zbekistonning Xorazm viloyatida izlanish loyihasi
“Watercone® O’zbekistonning Xorazm viloyatida izlanish loyihasi” 6 oyga mo’ljallangan (2009 yil iyuldan dekabrgacha) va Buyuk Britaniyaning Saint Adrew universitetining Russell Trust Development jamg’armasi hamda Manchester Unicorn Cooperative kompaniyasining moliyaviy yordamida bajariladi. Loyiha mamlakatimizning chekka joylarida past sifatli ichimlik suvlari natijasida zarar ko’rgan aholini sog’ligini yaxshilashga yo’naltirilgan. 135 ta Watercone konuslarini sotib olindi va ularnisug’orish tizimining oxirida yashovchi, sifatli ichimlik va sug’orish suvi olish imkoniyati cheklangan uy xo’jaliklariga berish mo’ljallangan
O’zbekistonning Xorazm viloyatida barqaror qishloq ho’jaligini rivojlantirish maqsadida resurs tejamkor texnologiyalarni ommalashtirish
«O’zbekistonning Xorazm viloyatida barqaror qishloq ho’jaligini rivojlantirish maqsadida resurs tejamkor texnologiyalarni ommalashtirish» deb nomlangan loyiha SGP GEF (Global Ekologik Jamg’armasining Kichik Grantlar Dasturi), UNDP tomonidan tasdiqlangan va moliyalashtirilgan, davomiyligi 18 оy (01.07.2009 dan 31.12.2010 gacha). Loyihaning maqsadi Xorazm viloyati qishloq ho’jaligida resurs tejamkor texnologiyalar yordamida qishloq aholisini o’zgarayotgan atrof- muhit sharoitlariga moslashishi, suvdan samarasiz foydalanish va tuproq degradatsiyasi bilan kurashish qobiliyatlarini oshirish orqali hayot faoliyat sharoitlarini yaxshilashdir. Loyiha vazifalariga quyidagilar kiradi: erlarda lazer tekislash ishlarini o’tkazish uchun uskunani jamlash va tayyorlash, yerlarni lazer tekislash afzalliklari va alternativ sug’orish uslublarininamoyish qilish; qishloq ho’jalik ishlab chiqaruvchilarini sug’orish suvlarini tejash uslublari va yerlarni lazer tekislash ishlarini to’g’ri o’tkazishga o’rgatish.
Russell Trust Development Award from the University of St Andrews, UK
Watercone loyihasi donorlari: 'Russell Trust Development Award from the University of St Andrews, UK' and the 'Unicorn Cooperative in Manchester, UK'
Orol Dengiz falokati ta’siri ostiga tushgan faoliyat jarayonlarini barqarorlashtirish
‘Orol Dengiz falokati ta’siri ostiga tushgan faoliyat jarayonlarini barqarorlashtirish’ loyihasi UNESCO bilan birgalikda va BMT tomonidan moliyalashtirilgan (davomiyligi - 2 yil)
Meva ishlab chiqarishni takomillashtirish
‘Meva ishlab chiqarishni takomillashtirish’ loyihasi GIZ bilan hamkorlikda (davomiyligi - 3 yil)
Xorazm viloyati uchun amaliy ekologiya
EkoTa`limot loyihasi GEJ KGD tomonidan moliyalashtirilgan. Ushbu loyiha doirasida ‘Xorazm viloyati uchun amaliy ekologiya’ bo`yicha o’quv dasturi ishlab chiqiladi va talabalarga, boshqa qiziquvchilarga hamda o’qituvchilarga o`qitiladi