KRASS haqida

KRASS maqsadi

KRASS Agromaslahat markazi ilmiy hodimlar, tadqiqotchilar va bir xil qarash va qiziqishga ega bo'lgan bir qator mutaxassislar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, o'zini o'zi boshqaruvchi mustaqil faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat nosiyosat tashkilotdir.

O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligi sektorida konsalting xizmatlari ko'rsatish orqali turmush sharoitlarining yaxshilanishiga, farovonlik darajasinining ko'tarilishiga, uzoq muddatli oziq-ovqat havfsizligini va qishloq joylarida ekologik barqarorlikni ma'minlashga xissa qo'shish.

Vazifalar

  • Innovatsion, zamonaviy va yahshilangan qishloq xo'jaligi va sugorish usullari va texnikasini aholiga tanishtirish orqali atrof-muhit muammolarining echimini topish va barqaror rivojlanish uchun yer va suv resurslaridan samarali foydalanishni olg'a surishga ko'maklashish;
  • O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarning hamda yoshlarining bilim va malakasini oshirishni qo'llab-quvvatlash;
  • Ilm va texnologiyalarning rivojlanishini olg'a surishga ko'maklashish, hamda ma'lumot boshqarishning rivojlanishiga hissa qo'shish;
  • Kichik hususiy agro-biznes tashkilotlarining rivojlanishiga hissa qo'shish.

Faoliyati

  • Qishloq xo'jaligi rivojlanish dasturi va biznes-reja ishlab chiqish;
  • Kelgusi maslahatchi/konsultantlarga qishloq xo'jalik xizmatlari ko'rsatish uslublarini va qishloq aholisi uchun maslahat markazlari, trening mashg'ulotlari tashkil qilish;
  • Jamoatchilik asosida qishloq xo'jaligi sohasida xizmatlar ko'rsatishni va qishloq joylarda suvdan foydalanuvchilar guruhlarini tashkil qilish;
  • Qishloq xo'jaligi, fermer xo'jaligi yuritish, ekologiya mavzulariga seminar, mashg'ulot, ko'rgazma, konferensiya va hayriya tadbirlarini o'tkazish;
  • Tarqatish materiallari, byulleten, risola va hisobotlarni chop qilish va qishloq aholisiga taqdim etish;
  • Atrof-muhit/qishloq xo'jaligi bo'yicha kutubxona va ma'lumotlar bazasi tashkil qilish;
  • Atrof-muhit sharoitini baholash (labaratoriya tahlillari);
  • Tadqiqotlar o'tkazishda va shu sohaning boshqa ish faoliyatlarini moddiy-texnik ta'minlash;
  • Chet el ta'lim dasturlari sohasida konsultatsion va texnik yordamlar ko'rsatish;
  • Rivojlanish loyihalari bilan hamkorlikda ishlar olib borish;
  • Fermer va qayta ishlash korhonalarining hamkorlik qilishida ko'maklashish;